Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Yuventus» hujumchisi 665 kunlik tanaffusdan so‘ng maydonga tushdi

«Yuventus» hujumchisi 665 kunlik tanaffusdan so‘ng maydonga tushdi

Baho:
+ | -

«Yuventus» markaziy hujumchisi Arkadiush Milik 665 kunlik tanaffusdan so‘ng ilk bor maydonda ko‘rinish berdi. Futbolchi Italiya chempionatining 30-turidan o‘rin olgan «Sassuolo»ga qarshi bahsning (1:1) yakuniy qismida 11 daqiqa harakat qildi.

«Sassuolo» bilan o‘yingacha Milikning klub miqyosidagi so‘nggi ishtiroki 2024 yil 24 may kuni «Monsa»ga qarshi bahsda qayd etilgan edi. Joriy mavsum davomida 34 yoshli futbolchi uch bor zaxira o‘rindig‘ida paydo bo‘lgandi.

Milik 2022 yilda «Marsel»dan (birinchi mavsumni ijara asosida o‘tkazgan) «Yuventus» tarkibiga kelib qo‘shilgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida nihoyasiga yetadi, Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra futbolchining qiymati 1,5 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 11:59, 22.03.2026.
O'qildi: 713 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик