Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza 1-2 Lechche
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Dinamo - Mash’al
02/05 19:00 Buxoro - So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid

Doniyor Abdumannopov: “SHunday gol urish nasib qilgani uchun Xudoga shukr aytaman”

Doniyor Abdumannopov: “SHunday gol urish nasib qilgani uchun Xudoga shukr aytaman”

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, “Andijon” chempionatning 4-turida “Bobur arena”da “Mash’al”ni qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinda zaxiradan maydonga tushirilgan Doniyor Abdumannopov ham jamoadoshlari qatori o‘ziga bildirilgan ishonchni oqladi va faol harakatlari bilan muxlislarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

U o‘z driblingini namoyish qilgan holda jamoaning ikkinchi goliga mualliflik qildi va futbolchi joriy yilgi mavsumda o‘z hisobiga dastlabki golni yozdirib qo‘ydi.

“Andijon” matbuot xizmati Abdumannopov bilan ushbu uchrashuv borasida biroz suhbatlashdi.

— G‘alaba bilan tabriklayman. O‘yindan olgan taassurotlaringiz qanday bo‘ldi?

— Assalomu alaykum, rahmat. Men ham barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Taassurotlar bo‘lmadi, faqat bu o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik.

— Zaxiradan maydonga tushayotganingizda murabbiyning ko‘rsatmasi qanday bo‘ldi va gol urishingizni aniq bilganmidingiz?

— Murabbiy ko‘proq oldinga borishimni, raqib bilan birga-bir qolganda aldab o‘tishimni aytdi. Peshonaga yozilgan ekan, Xudoga shukr gol urdim.

— Golingiz ajoyib chiqdi. Maydonning ikkinchi yarmidan to‘pni egallab bir o‘zingiz reyd amalga oshirdingiz va boshlagan hujumni gol bilan yakunladingiz. Bu hujum va gol haqida nimalar deya olasiz?

— Nima ham derdim, shunday gol urishni nasib qilgani uchun Xudoga shukr aytaman.

— Siz oddiy gol urishni bilmaysiz...

— Muxlislar baho berishsa to‘g‘ri bo‘ladi.

— Raqib futbolchisini maydondan chetlatilishi va son jihatdan ustunlikka erishganimizdan keyin ham tabiiyki, vaziyatlar ko‘p bo‘ldi. Umuman, bu haqida fikringiz qanday?

— Albatta, raqib o‘yinchisi chetlatildi. Lekin “Mash’al” irodali jamoa sifatida o‘ynadi. Son jihatdan kamayish bo‘ldi, ammo o‘yin jihatidan sezilmadi. Oxirgi daqiqalarni hisobga olmaganda vaziyatlarimiz bo‘ldi, yetarlicha foydalana olmadik. Ko‘p mehnat va ko‘p izlanishimiz kerak. Shunda nimagadir erishamiz va bu borada mehnat qilishda davom etamiz.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 12:02, 22.03.2026.
O'qildi: 776 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик