«Chelsi» APL chempionligi uchun matematik imkoniyatlarini yo‘qotdi.
Kecha Premyer-liganing 31-turida Liem Rosenyor jamoasi «Everton»ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. «Chelsi» turnir jadvalida 48 ochko bilan 6-o‘rinda qoldi.
«Ko‘klar» turnir yakunlanishiga 7 tur qolganda peshqadam «Arsenal»dan 22 ochkoga ortda qolmoqda.
«Chelsi» 2017 yildan beri Angliya chempionligini qo‘lga kirita olmayapti.













