Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Rasman: "Borussiya" Dortmund sport direktori bilan shartnomani bekor qildi

Rasman: "Borussiya" Dortmund sport direktori bilan shartnomani bekor qildi

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya» klubi va Sebastyan Kel o‘zaro kelishuvga asosan hamkorlikni to‘xtatishdi. Ushbu qaror shu yakshanba kuni «Borussiya» rahbariyati va sobiq sport direktori tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.

«Ochiq muloqot davomida Sebastyan Kel, Karsten Kramer (ijrochi direktor) va men yoz fasli o‘zgarishlar uchun eng qulay vaqt degan yagona xulosaga keldik. Har ikki tomonga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt berish maqsadida, Sebastyan bilan shartnomani zudlik bilan bekor qilishga kelishib oldik», — deya tushuntirish berdi klubning sport bo‘yicha boshqaruvchi direktori Lars Rikken.

«Kel 2018 yildan beri «Borussiya»da professional futbolchilar bo‘limini boshqarib kelayotgan edi, bu vaqt ichida klub 2021 yilda Germaniya Kubogini qo‘lga kiritdi. 2022 yil yozida dortmundliklarning sobiq yarim himoyachisi sport direktori lavozimini egalladi va uning davrida jamoa 2024 yilgi Chempionlar ligasi finaliga qadar yetib bordi», — deyiladi «Borussiya» rasmiy saytida.

Kiritildi: 17:00, 22.03.2026.
O'qildi: 894 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик