Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Liga1. «Monako» «Lion»ni safarda yengdi

Liga1. «Monako» «Lion»ni safarda yengdi

Baho:
+ | -

«Monako» safarda «Lion»ni mag‘lub etdi. Liga 1ning 27-turi doirasidagi bahs — 2:1 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi.

Uchrashuvning 42-daqiqasida mezbonlar yarim himoyachisi Pavel Shuls hisobni ochdi. 62-daqiqada monegasklar Magnes Akliushning goli evaziga muvozanatni tiklashdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib, mehmonlar hujumchisi Folarin Balogun penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

O‘yin yakunida mezbonlar kamchilik bo‘lib qolishdi — 89-daqiqada Nikolas Talyafiko qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

«Monako» (46 ochko) ketma-ket oltinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi va Liga 1 turnir jadvalida beshinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Lion» esa g‘alabasiz seriyasini beshta o‘yinga yetkazdi va 47 ochko bilan jadvalning to‘rtinchi pog‘onasida qoldi.

Fransiya Liga 1. 27-tur
22.03.2026 | 19:00
«Lyumyer», Lion

«LION» — «MONAKO» — 1:2
Gollar: Malte Shuls 42 (1:0), Manes Akliush 62 (1:1), Folarin Balogun 72-pen (1:2).

«Lion»: Greyf, Niakate, Talyafiko, Mata, Mangalya (Kango, 85), Tolisso, Moreyra (Tessmann, 85), Xatebur (Fofana, 85), Endrik, Mera (Narti, 68), Shuls.

«Monako»: Gradeski, Zakariya, Fas, Kerer, Kamara, Bamba (Kulibali, 46), Adingra (Mavissa, 74), Teze, Golovin (Fati, 63), Balogun (Biyeret, 85), Akliush (Diatta, 85).

Ogohlantirishlar: Golovin (40), Fas (53), Diatta (86).
Chetlatish: Talyafiko 89 («Lion»).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:15, 22.03.2026.
O'qildi: 657 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик