Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Madrid derbisi oldidan «Santyago Bernabeu» tomi yopildi: «Real»ning bundan maqsadi nima?

Madrid derbisi oldidan «Santyago Bernabeu» tomi yopildi: «Real»ning bundan maqsadi nima?

Baho:
+ | -

Yakshanba kuni Ispaniya chempionatining 29-turi doirasida «Real» va «Atletiko» jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi. The Touchline nashri bergan xabarga ko‘ra, «qaymoqranglilar» uchrashuv boshlanishidan biroz oldin «Santyago Bernabeu» stadioni tomini yopib qo‘yishdi.

Ta’kidlash joizki, «Real» bunday qadamga tez-tez qo‘l urib turadi. Bunga ob-havo sharoiti sabab emas — Madridda havo issiq va yog‘ingarchilik kutilmayapti. Shunchaki, «qirollik klubi» muxlislardan chiqadigan akustik effektni (tovush aks-sadosini) kuchaytirishni va shu orqali raqibga bosim o‘tkazishni maqsad qilgan.

Darvoqe, yaqindagina «Bavariya» klubi UEFAdan «Real»ga tomni yopishni taqiqlashni so‘ragani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ushbu jamoalar aprel oyida Chempionlar ligasining 1/4 finali doirasida bahs olib borishadi.

Kiritildi: 22:43, 22.03.2026.
O'qildi: 1444 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик