Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

A Seriya. «Fiorentina» va «Inter» bahsida g‘olib nomi aniqlanmadi

A Seriya. «Fiorentina» va «Inter» bahsida g‘olib nomi aniqlanmadi

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 30-turi doirasida «Fiorentina» o‘z maydonida «Inter» bilan durang o‘ynadi — 1:1. Uchrashuv Florensiyadagi stadionda bo‘lib o‘tdi.

O‘yinning ilk daqiqasidayoq «Inter» hujumchisi Franchesko Espozito hisobni ochdi. 77-daqiqaga kelib, «Fiorentina» yarim himoyachisi Cher Ndur javob golini urdi va muvozanatni tikladi.

Shu tariqa, «Fiorentina»ning barcha musobaqalardagi uchta o‘yindan iborat g‘alabali seriyasi yakunlandi. Jamoa 30 ta o‘yindan so‘ng 29 ochko bilan Italiya chempionati jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi. «Inter» esa 30 ta o‘yinda 69 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda.

Italiya A Seriya. 30-tur
23.03.2026 | 00:45
«Artemio Franki», Florensiya

«FIORENTINA» — «INTER» — 1:1
Gollar: Franchesko Espozito 1 (0:1), Sher Ndur 77 (1:1).

«Fiorentina»: de Xea, Pongrachich, Ranyeri, Gozens, Dodo, Fadjoli (Komusso, 90), Breshanini, Ndur, Gudmundsson (Fabbian, 90), Parizi (Xarrison, 69), Kin (Pikkoli, 86).

«Inter»: Zommer, Akandji, Karlos Augustu (Acherbi, 46), Bissek, Zelinski, Xakan Chalxanoglu (Frattezi, 69), Barella (Suchich, 83), Dimarko, Dyumfris (Luis Enrike, 86), Tyuram (Bonni, 68), Espozito.

Ogohlantirishlar: Breshanini (55), Ndur (60), Kin (65) — Dimarko (42), Karlos Augustu (44), Barella (62).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 03:00, 23.03.2026.
O'qildi: 726 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик