Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Real» ustozi nima uchun Trent o‘rniga Karvaxalni tanlaganini tushuntirdi

«Real» ustozi nima uchun Trent o‘rniga Karvaxalni tanlaganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa «Atletiko»ga qarshi bahsda (3:2) o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldni asosiy tarkibda maydonga tushirmaslik qaroriga izoh berdi.

Angliyalik futbolchi o‘yinning faqatgina 64-daqiqasiga kelib maydonda ko‘rinish berdi. Tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, «qaymoqranglilar» ustozi Trentni mashg‘ulotga kechikkani uchun jazolagan, biroq ispaniyalik mutaxassisning o‘zi bu ma’lumotni tasdiqlamadi.

«Har bir o‘yinda men g‘alaba qozonishimiz uchun eng yaxshi imkoniyat beradi deb hisoblagan tarkibimni tanlayman. Menimcha, Karvaxal ajoyib o‘yin ko‘rsatdi — u juda xavfli bo‘lgan Ademola Lukmanni to‘xtata oldi. Trentga kelsak, u kechroq maydonga tushib, jamoaga qo‘shimcha energiya bag‘ishladi. Tarkibimizda turli variantlar borligidan xursandman. Kuchli zaxira o‘rindig‘i juda muhim», — deya Arbeloaning so‘zlarini keltiradi Madrid Universal.

«Real» La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda qolmoqda — «Barselona» bilan oradagi farq to‘rt ochkoni tashkil etadi.

Kiritildi: 12:14, 23.03.2026.
O'qildi: 1238 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик