Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

Flik Kanseluning fidokorligini olqishladi

Flik Kanseluning fidokorligini olqishladi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik qanot himoyachisi Joau Kanseluning o‘yiniga baho berdi.

Yakshanba kuni portugaliyalik futbolchi yana «ko‘k-anorranglilar»ning asosiy tarkibida maydonga tushdi va golli uzatmani amalga oshirib, «Rayo Valyekano» ustidan qozonilgan g‘alabaga (1:0) o‘z hissasini qo‘shdi.

«Men Joaudan juda mamnunman. U haqiqatan ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Unda jarohat yo‘q, ammo u qattiq charchagan. Uni almashtirish imkoniyati paydo bo‘lgunga qadar bor kuchi bilan harakat qilgani juda yoqimli», — deya Flikning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

31 yoshli lateral faqatgina 90-daqiqada maydonni tark etib, o‘z o‘rnini yosh Xavi Espartga bo‘shatib berdi. Eslatib o‘tamiz, Kanselu o‘tgan qishda «Al-Hilol»dan ijara asosida «Barselona»ga o‘tgan edi.

Kiritildi: 12:16, 23.03.2026.
O'qildi: 513 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик