Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior yakshanba kuni «Atletiko»ga qarshi kechgan derbining (3:2) bosh qahramoniga aylandi.
Braziliyalik futbolchi 52-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi, 72-daqiqada esa g‘alaba to‘pini kiritdi.
«Florentino Peres menga doim ikkita gol urishim kerakligini aytadi. Bugun men unga ana shu ikkita golni sovg‘a qildim», — deya Vinisiusning o‘yindan keyingi intervyusidan iqtibos keltiradi The Touchline.













