Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Chelsi"dan ketmoqchi bo‘lgan himoyachiga 7 ta klub da’vogarlik qilmoqda

"Chelsi"dan ketmoqchi bo‘lgan himoyachiga 7 ta klub da’vogarlik qilmoqda

Baho:
+1 | -

«Chelsi»ning o‘ng qanot himoyachisi Josh Achimpong klubdan ketish haqida jiddiy o‘ylab qoldi. Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, 19 yoshli futbolchi yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganidan norozi va shu sababli mavsum yakunlangach, jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.

Vaziyatni Germaniyaning «Bavariya» va «Borussiya» Dortmund klublari kuzatib bormoqda. Shuningdek, Angliyaning «Bornmut», «Nyukasl», «Kristal Pelas», «Tottenxem» va «Vest Xem» jamoalari ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Transfermarkt portalida Josh Achimpongning taxminiy narxi 25 million yevro etib belgilangan. Joriy mavsumda yosh angliyalik futbolchi «ko‘klar» safida barcha turnirlarda 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga ikkita gol yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 12:44, 23.03.2026.
O'qildi: 1847 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик