Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Arsenal" 410 kundan so‘ng ilk bor 2 to‘p farqi bilan mag‘lub bo‘ldi

"Arsenal" 410 kundan so‘ng ilk bor 2 to‘p farqi bilan mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi Angliya Liga kubogi finalida «Manchester Siti»ga ikki to‘p farqi bilan imkoniyatni boy berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Angliya chempionati peshqadami oxirgi marta barcha musobaqalarni hisobga olganda bir to‘pdan ortiq farq bilan bundan bir yil oldin — 2025 yilning fevralida, roppa-rosa 410 kun avval mag‘lub bo‘lgan edi.

Qizig‘i shundaki, o‘shanda ham bu holat Angliya Liga kubogida yuz bergan va Mikel Arteta jamoasini «Nyukasl» ranjitgan edi.

Yaqin orada ushbu klublar, «Arsenal» va «Manchester Siti» Angliya chempionatining 33-turi doirasida 18 aprel kuni yana o‘zaro to‘qnash kelishadi. Eslatib o‘tamiz, aynan «shaharliklar» turnir jadvalida «Arsenal»ning asosiy raqibi hisoblanishadi.

Kiritildi: 13:28, 23.03.2026.
O'qildi: 940 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик