Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Depayning jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi

Depayning jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi

Baho:
+ | -

«Korintians» klubining niderlandiyalik hujumchisi Memfis Depayning o‘ng oyog‘ida ikkinchi darajali mushak cho‘zilishi tashxisi qo‘yildi. Futbolchi 4 haftaga safdan chiqdi va Libertadores kubogining birinchi bosqichida maydonga tusha olmaydi.

Jarohat 22 mart kuni «Flamengo»ga qarshi kechgan (1:1) uchrashuvning birinchi bo‘limida orttirilgan. Jamoadoshi tomonidan kiritilgan gol bilan yakunlangan hujum boshlanganidan bir necha daqiqa o‘tgach, Depay sonini ushlagancha maydonga yiqilgan.

Braziliya klubining ta’kidlashicha, futbolchi o‘z vatanida davolanish kurslarini o‘taydi. U avvalroq Norvegiya va Ekvadorga qarshi o‘yinlarda ishtirok etish uchun Niderlandiya milliy terma jamoasiga chaqirilgan edi.

Depay «Korintians» safiga 2024 yilda kelib qo‘shilgan. Joriy mavsumda u 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning amaldagi shartnomasi shu yozning oxirigacha amal qiladi.

Kiritildi: 16:32, 24.03.2026.
O'qildi: 525 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик