Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Hakimiy "Real" bilan shartnoma imzolash uchun hamma narsaga tayyor

Hakimiy "Real" bilan shartnoma imzolash uchun hamma narsaga tayyor

Baho:
+1 | -

Fransiyaning «PSJ» klubi himoyachisi Ashraf Hakimiy Madridning «Real» klubiga o‘tishga qaror qilgan. Bu haqda jurnalist Ramon Alvares de Mon o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, 27 yoshli marokashlik o‘ng qanot himoyachisi o‘z yaqinlariga Madrid klubi bilan shartnoma imzolash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga tayyorligini ma’lum qilgan. Hakimiy bolaligidan «Real»ga muxlislik qiladi va «PSJ» bilan amaldagi uzoq muddatli shartnomasi bo‘lishiga qaramay, jonajon klubiga qaytishni istamoqda. Ma’lumot uchun, Hakimiy 2015 yildan 2018 yilgacha Madrid klubi tizimida bo‘lgan.

Himoyachining transfer qilishi uchun yana bir sabab bor — uning eng yaqin do‘sti Kilian Mbappe. Hujumchi bir necha bor Hakimiy bilan yana birga o‘ynash istagini bildirgan. O‘z navbatida, «PSJ» Hakimiyni sotishni rejalashtirmayapti, biroq agar futbolchi ketishda qat’iy turib olsa, klub uning transferini ko‘rib chiqishi mumkin.

Hakimiy 2021 yilda Milanning «Inter» klubidan 68 million yevro evaziga «PSJ» safiga kelib qo‘shilgan edi. Joriy mavsumda himoyachi parijliklar safida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va yettita golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi, Transfermarkt portali esa futbolchining bozor qiymatini 80 million yevroga baholagan.

Kiritildi: 18:21, 24.03.2026.
O'qildi: 1956 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик