Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

"Chelsi" "Milan"dan kutilmagan transfer tayyorlamoqda

"Chelsi" "Milan"dan kutilmagan transfer tayyorlamoqda

Baho:
+ | -

«Milan» klubi himoyachisi Straxinya Pavlovich faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Topskills Sports UK nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, serbiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga «Chelsi» qiziqish bildirmoqda. London klubi yozda ushbu transfer bo‘yicha rasmiy taklif berishga tayyor. Pavlovichning o‘tishiga «ko‘klar» bosh murabbiyi Liam Rosenyor shaxsan qiziqmoqda. Ingliz mutaxassisi serbiyalik futbolchini o‘z jamoasi uchun ideal himoyachi deb hisoblaydi.

Straxinya Pavlovich 2024 yilda «RB Zalsburg»dan «Milan»ga 18 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning «rossonerilar» bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi Italiya klubi safida barcha musobaqalarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 18:58, 24.03.2026.
O'qildi: 1596 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик