Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Eberechi Eze uzoq muddatga safdan chiqdi

Eberechi Eze uzoq muddatga safdan chiqdi

Baho:
+ | -

«Arsenal»ning hujumkor yarim himoyachisi Eberechi Eze boldir mushagidan jarohat oldi va «Manchester Siti»ga qarshi Liga Kubogi finalini o‘tkazib yubordi. Kuni kecha Eze Angliya terma jamoasi qaydnomasidan chiqarilgani e’lon qilindi – uning o‘rniga «Nyukasl» a’zosi Xarvi Barns chaqirildi.

BBC nashrining xabariga ko‘ra, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Ezening tiklanishi uchun 4 haftadan 6 haftagacha vaqt talab etilishi mumkin. Bu esa futbolchi mavsumning muhim pallasini, xususan, Chempionlar Ligasi chorak finali doirasidagi «Sporting»ga qarshi ikkala o‘yinni ham o‘tkazib yuborishi mumkinligini anglatadi.

Eberechi Eze o‘tgan yozda «Arsenal» tarkibiga kelib qo‘shilgan edi. O‘shandan beri futbolchi 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va sheriklariga 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 22:13, 24.03.2026.
O'qildi: 884 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик