«PSJ» himoyachisi Ashraf Hakimiyning agenti Alexandro Kamanyo mijoziga «Real» tomonidan qiziqish bo‘layotgani haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
«Uning «PSJ»ni tark etishiga mutlaqo imkoniyat yo‘q. Hakimiy klubda juda baxtli va ikkinchi bor Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishni istaydi. Shuningdek, u jamoani iloji boricha yuqori darajaga olib chiqish niyatida. Bundan tashqari, Madridning «Real» klubi tomonidan unga hech qachon qiziqish bo‘lmagan», — dedi Kamanyo AS nashriga bergan intervyusida.
Ashraf Hakimiy «Real» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Marokashlik futbolchi 2021 yilda «Inter»dan «PSJ»ga 68 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning parijliklar bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. Joriy mavsumda himoyachi «PSJ» safida barcha turnirlarda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













