Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» shifokorlari xatosi tufayli Mbappening tiklanish jaaryoni cho‘zilib ketgani aniq bo‘ldi

«Real» shifokorlari xatosi tufayli Mbappening tiklanish jaaryoni cho‘zilib ketgani aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

Kilian Mbappe jarohatidan tiklanish jarayoni kutilgandan uzoqroq davom etmoqda.

The Athletic ma’lumotiga ko‘ra, "Real Madrid" tibbiy shtabi tekshiruv paytida jiddiy xatoga yo‘l qo‘ygan. Xabar qilinishicha, dekabr oyida futbolchining ilk shikoyatlaridan so‘ng o‘tkazilgan MRT tekshiruvida shifokorlar noto‘g‘ri oyoqni tekshirgan.

Ya’ni, mutaxassislar jarohatlangan chap tizza o‘rniga sog‘lom o‘ng tizzani o‘rganib chiqishgan va muammo topilmaganidan keyin futbolchiga to‘liq yuklamalarga ruxsat berilgan. Bu esa qisqa vaqtdan so‘ng Mbappening jarohatlangan tizzasida yallig‘lanish kuchayishiga olib kelgan.

Fransuz hujumchisi ilk bor 7 dekabr kuni "Selta"ga qarshi o‘yindan keyin noqulaylik his qilgan. Shu sababli u Chempionlar ligasida "Manchester Siti"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborgan, ammo 2025 yil oxirigacha yana uchta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urgan.

Bahorda muammolar yana kuchaygach, Mbappe ikkinchi fikr olish uchun Parijga yo‘l oldi. Shundan so‘ng u jamoa safiga qaytgan bo‘lsa-da, «Manchester Siti» (2:1) va Atletiko Madrid (3:2)ga qarshi o‘yinlarda jami 49 daqiqa harakat qildi.

Shunga qaramay, Mbappe Fransiya milliy jamoasi yig‘iniga yo‘l oldi. Fransuzlar 26 va 29 mart kunlari Braziliya hamda Kolumbiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishadi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 07:52, 25.03.2026.
O'qildi: 510 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик