«Nyukasl» o‘ng qanot himoyachisi Tino Livramento Londonning «Arsenal» klubiga o‘tishga qiziqish bildirmoqda.
23 yoshli futbolchining ehtimoliy transferi haqidagi gap-so‘zlar so‘nggi oylarda faol muhokama qilinmoqda. HandofArsenal nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, «kanonirlar» sport direktori Andrea Berta Livramentoni nomzodlar ro‘yxatiga kiritgan. Agar ish konkret muzokaralargacha yetib borsa, o‘yinchi London grandiga mamnuniyat bilan rozilik javobini berishga tayyor.
Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, lateralning narxi 40 million yevroni tashkil qiladi. 2023 yilda «Nyukasl» Livramentoni «Sautgempton»dan 37 million yevroga sotib olgan edi. Faoliyatining boshida ingliz futbolchisi «Chelsi» sharafini himoya qilgan, biroq «ko‘klar»ning asosiy jamoasiga yorib kira olmagan.













