Kirish Ro'yxatdan o'tish

Skoulz: "Deklan Rays — jahon darajasidagi futbolchi emas"

Skoulz: "Deklan Rays — jahon darajasidagi futbolchi emas"

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Pol Skoulz Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Deklan Rays haqida yana bir bor u qadar ijobiy bo‘lmagan fikrlarni bildirdi.

«Qizil iblislar» afsonasining hisoblashicha, «kanonirlar» xavbekining ko‘rsatayotgan o‘yinlari uning yulduzlik maqomiga mos kelmaydi.

«Men Raysni jahon darajasidagi futbolchi deb hisoblamayman. Uni faqat «Real» darvozasiga jarima zarbasidan kiritgan o‘sha ikkita goli orqali eslab qolishadi. O‘shandan beri u biror bir alohida natija ko‘rsatgani yo‘q. U muhim o‘yinlarda o‘zini ko‘rsata olmayapti va ko‘pincha uning o‘yini maydonda u yoqdan-bu yoqqa yugurishdan iborat bo‘lib qolmoqda», — deya ingliz OAVlari Skoulzning so‘zlarini keltirmoqda.

Deklan Rays joriy mavsumda Mikel Arteta jamoasi safida 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 08:22, 25.03.2026.
O'qildi: 207 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик