Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola Flikning «Barselona»sidan hayratda

Gvardiola Flikning «Barselona»sidan hayratda

Baho:
+2 | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Barselona»ning Xans-Diter Flik qo‘l ostidagi o‘yinidan hayratda ekanini bildirdi.

«Ko‘k-anorranglilar» yorqin hujumkor uslubda o‘ynamoqda va «shaharliklar» ustozining fikricha, bu tashqi kuzatuvchiga manzur bo‘lmasligining iloji yo‘q.

«Imkon topdim deguncha Flikning «Barselona»si ishtirokidagi o‘yinlarni tomosha qilaman, chunki bu zavq bag‘ishlaydi. Ba’zan biz hamma narsani haddan tashqari murakkablashtirib yuboramiz, biroq, oxir-oqibat, kinoga yoki yaxshi restoranga borganingda shunchaki hordiq chiqarishni xohlaysan. Ayting-chi, «Barsa»ning o‘yinidan zavqlanmagan biror holat bo‘lganmi?» – deya Gvardiolaning so‘zlarini keltirmoqda Football Talk.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik mutaxassis 2008 yildan 2012 yilgacha Kataloniya klubida ishlagan. Flik esa bu lavozimni 2024 yilda egalladi.

Kiritildi: 11:55, 25.03.2026.
O'qildi: 308 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик