Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ryudiger: «Men yana o‘zimning eng yaxshi formamga qaytdim»

Ryudiger: «Men yana o‘zimning eng yaxshi formamga qaytdim»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi himoyachisi Antonio Ryudiger o‘zining hozirgi sport formasi haqida fikr bildirdi.

«Men yana o‘zimning eng yaxshi formamga qaytdim. Nihoyat, hech qanday muammosiz ketma-ket o‘yinlarda maydonga tusha olyapman. O‘zimni juda yaxshi his qilyapman va muolajalar o‘z samarasini berayotganidan yengil tin oldim», — deya Ryudigerning so‘zlarini keltirmoqda Frankfurter Allgemeine.

Eslatib o‘tamiz, Ryudiger joriy mavsumning dastlabki 13 ta turini o‘tkazib yuborgan, shuningdek, yanvar oyining ikkinchi yarmida ham maydonga tusha olmagan edi. U barcha musobaqalarda jami 18 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

27 va 30 mart kunlari Germaniya terma jamoasi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi va unda Ryudiger ishtirok etishi mumkin. Nemislarga mos ravishda Shveysariya va Gana terma jamoalari raqiblik qiladi.

Kiritildi: 12:24, 25.03.2026.
O'qildi: 215 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик