Kirish Ro'yxatdan o'tish

Lineker Salohning ketishiga munosabat bildirdi

Lineker Salohning ketishiga munosabat bildirdi

Baho:
+1 | -

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Gari Lineker misrlik hujumchi Muhammad Salohning joriy mavsum yakunida «Liverpul»ni tark etishi haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

«Muhammad jamoadan ketmoqda. Uning «Liverpul»dagi to‘qqiz yillik faoliyati ajoyib o‘tdi. Uning shuncha vaqt davomida shu yerda bo‘lgani juda zo‘r ish. Unga kelgusi faoliyatida barcha eng yaxshi tilaklarni tilab qolaman», — deya Linekerning so‘zlarini keltirmoqda The Rest is Football akkaunti.

Eslatib o‘tamiz, Saloh 2017 yildan beri «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda. Umumiy hisobda hujumchi mersisaydliklar tarkibida 435 ta o‘yinda ishtirok etib, 255 ta gol va 122 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 12:29, 25.03.2026.
O'qildi: 269 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик