Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko - Barselona
14/04 23:59 Liverpul - PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

«Manchester Yunayted» «Monako»ning ikki yetakchisini nishonga oldi

«Manchester Yunayted» «Monako»ning ikki yetakchisini nishonga oldi

Baho:
+ | -

«Monako»ning ikki nafar futbolchisi Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi. Bu haqda Teamtalk jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, kelayotgan yozda yarim himoyachi Lamin Kamara va vinger Magnes Akliush «Old Trafford»ga ko‘chib o‘tishlari mumkin. «Qizil iblislar» vakillari Fransiya chempionati doirasida yaqinda bo‘lib o‘tgan «Lion» va «Monako» (1:2) o‘rtasidagi uchrashuvda ushbu futbolchilarni bevosita kuzatishgan.

Joriy mavsumda Akliush 36 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 7 ta gol va 8 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Kamara esa 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta natijali pasni amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:31, 25.03.2026.
O'qildi: 963 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик