Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Joau Palinya «Tottenxem»da qolmaydigan ko‘rinadi: «Bavariya» uni boshqa klubga sotmoqchi

Joau Palinya «Tottenxem»da qolmaydigan ko‘rinadi: «Bavariya» uni boshqa klubga sotmoqchi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» tomonidan «Bavariya»dan ijaraga olingan yarim himoyachi Joau Palinya bo‘lajak mavsumlar oralig‘ida yangi klubga o‘tishi mumkin.

«Shporlar» portugaliyalik futbolchini sotib olishga shoshilmayapti — mavsum yakunlanganidan keyin uning Myunxenga qaytishi ehtimoli ancha yuqori. «Bavariya» ham yarim himoyachiga ishonch bildirmayapti, shu sababli, agar «Tottenxem» kelishuvdan voz kechsa, uni Premyer-liganing boshqa bir vakiliga sotish rejalashtirilmoqda, deb xabar bermoqda jurnalist Kristian Falk. Taxminlarga ko‘ra, Angliyada Bundesliga grandining talablarini qondira oladigan va 30 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni istovchilar yetarlicha topiladi.

Joau Palinya «Tottenxem» safida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalida futbolchining qiymati 18 mln yevro deb baholangan.

Kiritildi: 12:42, 25.03.2026.
O'qildi: 432 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик