Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Tottenxem" de Dzerbiga APLning boshqa klubidan muqobil topdi

"Tottenxem" de Dzerbiga APLning boshqa klubidan muqobil topdi

Baho:
+1 | -

«Tottenxem» klubi yaqin orada rasman iste’foga chiqarilishi kutilayotgan Igor Tudor o‘rniga nomzod qidirish ishlarini boshladi.

Xorvatiyalik mutaxassis mavsum yakuniga qadar bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi, biroq muvaffaqiyatsiz natijalar tufayli u hatto belgilangan muddatgacha ham ishlay olmasligi mumkin.

Insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, «shporlar» rahbariyati eng maqbul yechimni topish umidida vaziyatni sinchiklab o‘rganishda davom etmoqda. Hozircha asosiy nomzod sifatida Roberto de Dzerbi ko‘rilmoqda, biroq italiyalik mutaxassis ishga faqat yozda kirishi mumkin. Shuningdek, muqobil variant sifatida ayni damda «Fulxem»da faoliyat yuritayotgan Marku Silva nomzodi ham muhokama qilinmoqda.

Portugaliyalik mutaxassis 2021 yildan beri «dala hovli egalari» ustozi lavozimida ishlab kelmoqda va uning amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida nihoyasiga yetadi.

Kiritildi: 13:03, 25.03.2026.
O'qildi: 394 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик