Kirish Ro'yxatdan o'tish

Alvares «Barselona»ga transferga tayyor ekanligini ma’lum qildi

Alvares «Barselona»ga transferga tayyor ekanligini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares «Barselona»ga o‘tish imkoniyatidan voz kechgani yo‘q.

Argentinalik futbolchining o‘zi mish-mishlarga javob berar ekan, «matraschilar»ga sodiqligini ta’kidlamoqda, biroq uning Kataloniyaga ko‘chib o‘tishi haqidagi gap-so‘zlar tinmayapti. TEAMtalk nashrining xabariga ko‘ra, Alvares allaqachon «Atletiko» rahbariyatiga transfer uchun tayyor ekanligini va «Barselona» uning uchun asosiy variant ekanligini ma’lum qilgan. Muammo shundaki, «ko‘k-anorranglilar»da ushbu transferni amalga oshirish uchun zarur mablag‘ mavjud emas.

Xulian Alvaresning Transfermarkt saytidagi bahosi 90 mln yevroni tashkil etadi, ammo mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, «Barselona» futbolchini o‘zi uchun ancha qulayroq shartlarda sotib olishga umid qilmoqda.

Kiritildi: 13:16, 25.03.2026.
O'qildi: 979 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик