Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldo Neymarning bahorgi o‘rtoqlik uchrashuvlari qaydnomasiga kiritilmaganiga izoh berdi.
«So‘nggi paytlarda Neymar jiddiy jarohatlarga duch keldi, ammo agar u yaxshi holatda bo‘lsa, men uni JCH-2026 tarkibiga kiritgan bo‘lardim. U barcha o‘yinlarni to‘liq o‘tkazmasligi mumkin, lekin texnik jihatdan u juda muhim o‘yinchi va o‘z qiymatini har bir klubda isbotlagan.
Umid qilamanki, u sport formasida bo‘ladi va Anchelotti uchun tayyor turadi. Ishonchim komilki, agar Neymar tayyor bo‘lsa, Anchelotti uni Jahon chempionatiga olib boradi», — dedi Ronaldo. Uning so‘zlarini AS nashri keltirmoqda.
Avvalroq, Neymarning harakatlari Braziliya futbol federasiyasining hafsalasini pir qilgani va uning Jahon chempionatiga borish imkoniyatlari juda past ekanligi haqida xabarlar berilgan edi.













