Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Liverpul» Salohning ketishi bilan bog‘liq muammoni qisman hal qildik, deb hisoblamoqda

«Liverpul» Salohning ketishi bilan bog‘liq muammoni qisman hal qildik, deb hisoblamoqda

Baho:
+ | -

«Liverpul» rahbariyati o‘tgan yozda hujumchi Aleksander Isak va hujumkor yarim himoyachi Florian Virsni sotib olish orqali qanot hujumchisi Muhammad Salohning kelajakdagi ketishi bilan bog‘liq muammoni qisman hal qildik deb hisoblamoqda. Ushbu futbolchilarning transferi jamoa hujum chizig‘ini qayta qurishdagi asosiy qadam sifatida ko‘rilmoqda. Bu haqda jurnalist Asim o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, mersisaydliklar yozda yangi vinger sotib olinganidan keyin 33 yoshli yulduzning ketishi bilan bog‘liq masalani to‘liq bartaraf etishni kutishmoqda.

Saloh 2017 yildan beri «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida 33 yoshli hujumchi barcha turnirlarda 435 ta o‘yinda ishtirok etib, 255 ta gol va 122 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 14:17, 25.03.2026.
O'qildi: 339 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик