«Manchester Yunayted» himoyachisi Xarri Maguayr faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
Tuttosport nashrining xabariga ko‘ra, Turinning «Yuventus» klubi ingliz futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. «Yuve» shu yozda himoya chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan. Futbolchining «qizil iblislar» tarkibidagi kelajagi hamon so‘roq ostida qolmoqda. Agar Maguayr «MYU» bilan shartnomasini uzaytirmasa va erkin agentga aylansa, «Yuventus» uni yozda tekinga qo‘lga kiritishga tayyor bo‘ladi.
Xarri Maguayr 2019 yilda «Lester»dan «Manchester Yunayted»ga 87 million yevro evaziga o‘tgan edi. Joriy mavsumda himoyachi «qizil iblislar» safida barcha turnirlarda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.













