Shu yozda Jahon chempionatiga AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilishi kerak. Niderlandiyalik jurnalist Teun van de Kyoynen mundialni boykot qilish chaqirig‘i bilan petisiya boshladi.
Petisiyada aytilishicha, Niderlandiya terma jamoasi AQSH prezidenti Donald Trampning siyosati, jumladan, amerikaliklarning boshqa mamlakatlar ishlariga «tajovuzkor aralashuvi» tufayli Jahon chempionatiga bormasligi kerak.
RTL Nieuws xabariga ko‘ra, petisiyani allaqachon 171 mingdan ortiq kishi imzolagan. Endilikda ushbu hujjat parlament tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak.
Jahon chempionatining guruh bosqichida Niderlandiya terma jamoasi Yaponiya va Tunisga qarshi bahs olib boradi. «To‘q sariqlar»ning yana bir raqibi keyinroq ma’lum bo‘ladi.













