Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Junior jamoaning JCH-2026 dagi maqomi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Oxirgi natijalarimizni hisobga olsak, bizni Jahon chempionati favoriti deb hisoblamayman. Ammo ushbu libosning yuki, o‘yinchilarimizning darajasi... qolaversa, Karlo Anchelotti kelganidan keyin qanday o‘ynash kerakligini yaxshiroq tushuna boshladik. Bu bizdan katta bosimni olib tashlaydi. Biz Braziliyani yana cho‘qqiga qaytarish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Biz favorit bo‘lishni istamaymiz — biz Braziliyaning eng yuqorida bo‘lishini istaymiz», — dedi Vinisius jurnalistlarga.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi oxirgi marta 2002 yilda Jahon chempioni bo‘lgan edi.













