Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Romeroning "Tottenxem" bilan shartnomasida ispan grandi uchun alohida band bor

Romeroning "Tottenxem" bilan shartnomasida ispan grandi uchun alohida band bor

Baho:
+ | -

«Tottenxem» himoyachisi Kristian Romero faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Marca nashrining xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchi o‘tgan yozda «shporlar» bilan shartnomasini 2029 yilning 30 iyuniga qadar uzaytirgan vaqtida, kelishuvga faqat «Atletiko Madrid» uchun amal qiladigan 60 million yevrolik tovon puli haqidagi bandni kiritishni so‘ragan. Ushbu yozda himoyachi yana «matraschilar»ning asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylanishi kutilmoqda. Futbolchining o‘zi ham Madrid klubiga o‘tish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga urinmoqda.

Kristian Romero 2022 yilda «Atalanta»dan «Tottenxem»ga 52 million yevro evaziga o‘tgan edi. Joriy mavsumda argentinalik himoyachi «shporlar» safida barcha turnirlarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 21:39, 25.03.2026.
O'qildi: 1563 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик