Madridning «Atletiko» klubi hujumchi Antuan Grizmann o‘rniga nomzod izlashni boshladi. Kecha, 24 mart kuni fransiyalik futbolchi joriy mavsum yakunlanganidan keyin faoliyatini «Orlando Siti»da davom ettirishi rasman e’lon qilindi.
Fichajes nashrining xabariga ko‘ra, «matraschilar» «Liverpul» vingeri Kodi Gakponi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Avvalroq OAVda «qizillar» shu yozda gollandiyalik futbolchi bilan xayrlashishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Kodi Gakpo 2023 yilda PSVdan «Liverpul»ga 42 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning ingliz klubi bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda gollandiyalik futbolchi «qizillar» safida barcha turnirlarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













