Kirish Ro'yxatdan o'tish

79% qaytarilgan zarbalar: Joan Garsiya "Barselona"da Ter Shtegenning o‘rnini munosib to‘ldirmoqda

79% qaytarilgan zarbalar: Joan Garsiya "Barselona"da Ter Shtegenning o‘rnini munosib to‘ldirmoqda

Baho:
+ | -

Darvozabon Joan Garsiyaning «Espanyol»dan «Barselona»ga o‘tganidan bir necha oy o‘tib, bu transfer uning yangi jamoasi uchun juda foydali bo‘lganini ishonch bilan aytish mumkin. Opta statistika kompaniyasi 24 yoshli ispaniyalik posbonning o‘yini bilan bog‘liq raqamlarni e’lon qildi.

Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, Garsiya chempionatda kamida 10 ta o‘yinda ishtirok etgan barcha darvozabonlar orasida darvoza sohasiga yo‘llangan zarbalarni qaytarish bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Garsiyaning ko‘rsatkichi 79 foizni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, «Real Sosyedad» vakili Aleks Remiro 62 foizlik natija bilan eng yomon ko‘rsatkichni qayd etdi.

Joriy mavsumda Joan Garsiya klub miqyosida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 35 ta gol o‘tkazib yubordi va 15 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Kiritildi: 22:01, 25.03.2026.
O'qildi: 338 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик