Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mbappe va Nike muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qoldi

Mbappe va Nike muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qoldi

Baho:
+ | -

«Real» va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Nike brendi bilan hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Biroq, RMC Sport xabariga ko‘ra, bu jarayon sheriklikning to‘xtatilishi bilan yakunlanishi ham mumkin.

Mbappening Nike bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida nihoyasiga yetadi. Hujumchi bilan shartnoma imzolash uchun allaqachon bir qancha kompaniyalar, jumladan, Under Armour kurash boshlagan. Le Parisien nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Adidas kompaniyasi ham ushbu kelishuvdan manfaatdor.

Vaziyatga yaqin bo‘lgan manbaning so‘zlariga ko‘ra, fransuz futbolchisining moliyaviy so‘rovlari va Nike taklifi o‘rtasida «juda katta farq» mavjud.

O‘tgan yilning dekabr oyida RMC Sport futbolchining maosh bo‘yicha talablari, uning darajasidagi boshqa o‘yinchilar kabi, o‘nlab million yevroni tashkil etishi haqida yozgan edi. Uning keyingi shartnomasi, mehnat qilayotgan kompaniyasi Nike bo‘ladimi yoki boshqasi, yana rekord darajadagi kelishuvga aylanishi mumkin.

Kiritildi: 22:52, 25.03.2026.
O'qildi: 251 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик