Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

Kunde «Barselona»dagi eng sevimli jamoadoshini aytdi

Kunde «Barselona»dagi eng sevimli jamoadoshini aytdi

Baho:
+ | -

«Barselona» himoyachisi Jyul Kunde o‘zining eng sevimli jamoadoshi kim ekanini aytdi.

«Pedri — mening eng sevimli futbolchim. U mutlaqo genial. Rostini aytsam, u boshqalardan mutlaqo boshqa darajada o‘ynaydigan futbolchilardan. Bu hatto mashg‘ulotlarda ham, umuman barcha jihatlarda seziladi. Gap uning tug‘ma texnikasida: u o‘ng va chap oyog‘i bilan birdek yuqori darajada o‘ynay oladi, istalgan tomonga burilishi mumkin, maydonni ko‘rishi esa ajoyib.

Yana bir jihat borki, u ancha kam baholanadi va menimcha, yetarlicha e’tibor berilmaydi: bu uning himoyadagi o‘yini. Pedri — doim harakatda bo‘ladigan va to‘pni qaytarib oladigan futbolchi. O‘tgan yili u Yevropada eng ko‘p to‘pni qayta egallab olgan o‘yinchiga aylandi. U har bir o‘yinda taxminan 12 kilometr yuguradi va shu bilan birga to‘pni olib qo‘yishi, jamoani oldinga undashi, uzatmalar berish va raqib himoya chiziqlarini yorib o‘tishi kerak. U mutlaqo genial», — dedi Kunde Cadena SER nashriga bergan intervyusida.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 23:20, 25.03.2026.
O'qildi: 6978 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик