Kirish Ro'yxatdan o'tish

«So‘g‘diyona» – «Qo‘qon-1912» bahsi «Do‘stlik»da o‘tkaziladi, «Nasaf» «Andijon»ni Samarqandda qabul qiladi

«So‘g‘diyona» – «Qo‘qon-1912» bahsi «Do‘stlik»da o‘tkaziladi, «Nasaf» «Andijon»ni Samarqandda qabul qiladi

Baho:
+ | -

Superliga 5-turi doirasidagi «So‘g‘diyona» – «Qo‘qon-1912» uchrashuvi Toshkent viloyatidagi «Do‘stlik» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Xabaringiz bor, ayni damda Jizzaxdagi «So‘g‘diyona» stadionida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari yakunlanmagan. Jamoa 5-turdagi uy uchrashuvini o‘tkazish uchun Toshkent viloyatidagi «Do‘stlik» o‘yingohi bilan kelishuvga erishgan va bu borada Ligani xabardor qilgan. Shu tariqa, 5-turdagi «Qo‘qon-1912» klubiga qarshi bahs aynan «Do‘stlik» stadionida o‘tkazilishiga kelishib olindi. Bahs taqvimda belgilanganidek, 2 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, «Nasaf» jamoasi ham Superliga 5-turidagi «Andijon»ga qarshi uy uchrashuvini o‘tkazish uchun «Dinamo» stadioni bilan shartnoma imzolagan. Uchrashuv taqvim bo‘yicha 3 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:37, 25.03.2026.
O'qildi: 747 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик