Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Fransiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini oldidan Kilian Mbappe haqidagi savolga javob berdi.
Uchrashuv payshanba kuni bo‘lib o‘tadi, boshlanish vaqti — Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00. Mbappe jarohatidan forig‘ bo‘lgan va «uchranglilar»ning asosiy tarkibida maydonga tushishga tayyor.
«Hozir Kilian bizning tomonimizda emas — u jiddiy xavf tug‘diradi. Biz himoyada ishonchli o‘ynashimiz kerak, chunki Mbappening tezligi, mahorati va hujumlarni yakunlash qobiliyati shunchaki boshqa darajada», — deya Anchelottining so‘zlarini keltiradi MatchDay Central.
Eslatib o‘tamiz, italiyalik mutaxassis fransiyalik hujumchi bilan Madridning «Real» klubida birga ishlagan.













