Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

"Real" va "Liverpul" "Chelsi" himoyachisini kuzatmoqda

"Real" va "Liverpul" "Chelsi" himoyachisini kuzatmoqda

Baho:
+ | -

«Chelsi»ning o‘ng qanot himoyachisi Josh Achimpong Yevropa grandlari e’tiborida qolishda davom etmoqda.

Avvalroq, 19 yoshli futbolchi yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani sababli «ko‘klar» safini tark etishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi. CaughtOffside nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Madridning «Real» va «Liverpul» klublari vaziyatni kuzatib borayotgan jamoalar qatoriga kiradi. Shuningdek, da’vogarlar orasida Dortmundning «Borussiya»si, «Bavariya», «Nyukasl», «Tottenxem» va boshqa ko‘plab klublar nomi tilga olingan.

Josh Achimpong joriy mavsumda «Chelsi» safida barcha turnirlarda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ekspertlari angliyalik futbolchining bahosini 25 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 08:40, 26.03.2026.
O'qildi: 888 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик