Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Inter» o‘z yulduzini sotmoqchi emas: Bastoni uchun 80 million yevro so‘ralmoqda

«Inter» o‘z yulduzini sotmoqchi emas: Bastoni uchun 80 million yevro so‘ralmoqda

Baho:
+ | -

«Inter»ning markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni klubni tark etishga shoshilmayapti.

Italiyalik futbolchi «Barselona» tomonidan bo‘layotgan qiziqishdan xabardor, biroq uning rejalari o‘zgarishsiz qolmoqda — u «neradzurrilar» bilan shartnomani uzaytirish istagida. FcInterNews nashrining xabar berishicha, tomonlar yangi kelishuv shartlarini joriy mavsum yakunida muhokama qilishadi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Shuningdek, Alessandro Bastonini o‘z safiga qo‘shib olishga Angliyaning «Liverpul» klubi ham qiziqish bildirmoqda. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, «Inter» 26 yoshli futbolchi uchun kamida 70-80 million yevro talab qiladi. Joriy mavsumda himoyachi Kristian Kivu boshchiligidagi jamoa safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:12, 26.03.2026.
O'qildi: 161 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик