Kirish Ro'yxatdan o'tish

Genrix Mxitaryan faoliyatini yakunlashi mumkin

Genrix Mxitaryan faoliyatini yakunlashi mumkin

Baho:
+ | -

«Inter» yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan joriy mavsum yakunidan so‘ng faoliyatini yakunlashi mumkin.

Matteo Moretto bergan ma’lumotlarga ko‘ra, armanistonlik futbolchining Milan klubi bilan shartnomasi borasidagi vaziyat murakkabligicha qolmoqda. 37 yoshli o‘yinchining amaldagi kelishuvi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan, biroq tomonlar o‘rtasidagi yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar to‘xtab qolgan. Agar Mxitaryan «Inter» bilan yangi kelishuvga erisha olmasa, yarim himoyachi faoliyatini yakunlash variantini ko‘rib chiqishi mumkin.

Genrix Mxitaryan 2022 yilda «Roma»dan erkin agent sifatida «Inter»ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda yarim himoyachi milanliklar safida barcha turnirlarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:18, 26.03.2026.
O'qildi: 604 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик