Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» hujum chizig‘i uchun kutilmagan nomzod topdi

«Barselona» hujum chizig‘i uchun kutilmagan nomzod topdi

Baho:
+ | -

«Xoffenxaym» hujumchisi Fisnik Asllani «Barselona»ga o‘tishi mumkin.

Diario SPORT nashrining xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi 23 yoshli Kosovo terma jamoasi forvardini yozgi transfer oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun potensial nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, futbolchining o‘zi ham ijtimoiy tarmoqlarda «Barselona» va «Nyukasl» o‘rtasidagi Chempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvini tomosha qilayotgani aks etgan suratni joylashtirib, «ko‘k-anorranglilar» safiga o‘tishi haqidagi mish-mishlarni avj oldirdi. Avvalroq Asllani Kataloniya klubida o‘ynashni orzu qilishini ta’kidlagan edi.

Fisnik Asllani 2019 yilda «Union»dan «Xoffenxaym» safiga erkin agent sifatida o‘tgan. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:26, 26.03.2026.
O'qildi: 1363 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик