Yevropaning ko‘plab top-klublari «Bavariya» vingeri Maykl Oliseni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.
Bayern Space nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Myunxen jamoasi agar dastlabki taklif fransuz futbolchisi «Kristal Pelas»dan sotib olingan summadan ikki yarim baravar ko‘p bo‘lsa, manfaatdor klublar bilan muzokaralarni boshlashga tayyor. Germaniyaning amaldagi chempionlari 2024 yilda vingerning transferi uchun bonuslarni hisobga olmaganda taxminan 60 million yevro to‘lashgan edi. Shu tariqa, «Bavariya» Oliseni taxminan 150 million yevro evaziga qo‘yib yuborishi mumkin.
Joriy mavsumda Maykl Olise «Bavariya» safida barcha turnirlarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 27 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.













