Kirish Ro'yxatdan o'tish

Amerika klublari Salohdan voz kechdi

Amerika klublari Salohdan voz kechdi

Baho:
+ | -

AQSHning ikkita futbol klubi misrlik yulduz hujumchi Muhammad Saloh bilan shartnoma imzolashdan bosh tortdi. The Athletic nashrining xabar berishicha, gap «San-Diyego» va «Chikago Fayr» klublari haqida ketmoqda.

MLS rahbariyati Salohni ligada ko‘rishni istagan edi, biroq maoshi juda yuqori bo‘lgan misrlik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga klublar unchalik ishtiyoq bildirishmayapti.

Avvalroq matbuotda hujumchi joriy mavsum yakunlanganidan keyin «Liverpul»ni tark etishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. Muhammad 2017 yildan beri mersisaydliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.

Joriy mavsumda forvard 22 ta uchrashuvda maydonga tushdi. 33 yoshli Saloh o‘z hisobiga 5 ta gol va 6 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 13:44, 26.03.2026.
O'qildi: 433 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик