Madridning «Real» klubi Vinisius Juniorning mehnatsevarligidan hayratda. Braziliyalik futbolchi, xuddi «qaymoqranglilar»ning boshqa hujumkor yulduzlari kabi, ilgari to‘psiz harakat qilishda yetarlicha g‘ayrat ko‘rsatmaslikda tez-tez ayblanar edi. Biroq so‘nggi paytlarda vaziyat o‘zgardi: jamoa murabbiylar shtabi futbolchining mehnatsevarligidan mamnun.
Vinisiusning bu boradagi o‘sishini yugurish hajmini o‘lchaydigan maxsus ma’lumotlar ham tasdiqlamoqda. «Real»da 25 yoshli futbolchining ko‘rsatkichlariga yuqori baho berilmoqda va u endi «juda ko‘p yugurayotganini» ta’kidlashmoqda.
Joriy mavsumda Vinisius Junior 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 17 ta gol va 13 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.













