Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rodri «Real»dan uchralgan mag‘lubiyat haqida: «Qizil kartochka bo‘lmaganida, keyingi bosqichga chiqardik»

Rodri «Real»dan uchralgan mag‘lubiyat haqida: «Qizil kartochka bo‘lmaganida, keyingi bosqichga chiqardik»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» xavbeki Rodri yaqinda Chempionlar ligasi 1/8 finalida Madridning «Real» klubidan uchralgan mag‘lubiyat va musobaqani tark etgani haqidagi savolga javob berdi.

Jamoalar 1/8 final bosqichida to‘qnash kelishgan edi. Birinchi o‘yinda «qirollik klubi» o‘z maydonida 3:0 hisobida g‘alaba qozongan. Javob uchrashuvida esa «shaharliklar» erta bir kishi kam bo‘lib qolishdi va o‘z uylarida yana imkoniyatni boy berishdi — 1:2.

«Real» — bu «Real», jamoaning Chempionlar ligasi o‘yinlariga qaysi holatda yetib kelishining ahamiyati yo‘q. Biroq, o‘ylashimcha, agar qizil kartochka bo‘lmaganida, biz vaziyatni o‘nglab, keyingi bosqichga chiqishimiz mumkin edi», — deya Rodrining so‘zlarini keltiradi Ispaniya OAVlari.

Chempionlar ligasining 1/4 finalida Madrid grandi «Bavariya» bilan to‘qnash keladi — bahslar 7 va 15 aprel kunlariga belgilangan.

Kiritildi: 13:56, 26.03.2026.
O'qildi: 382 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик