Londonning “Arsenal” klubi yozgi transfer oynasida “PSJ” hujumchisi Xvicha Kvarasxeliyani o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bu haqda The Independent nashri jurnalisti Migel Dileyni o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasida ma’lum qildi.
Manbaning ta’kidlashicha, 25 yoshli futbolchining vakillari turli takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Londonliklar Kvarasxeliya transferi borasida jiddiy bel bog‘lagan bir paytda, “PSJ” rahbariyati gruziyalik hujumchini tarkibda saqlab qolmoqchi ekanini va u bo‘yicha keladigan har qanday taklifni rad etishini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Xvicha Kvarasxeliya 2025-yilning yanvar oyida Parij klubiga kelib qo‘shilgan edi. Yakunlanayotgan mavsumda futbolchi barcha turnirlar doirasida jami 37 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12 ta gol va 7 ta samarali uzatmani yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali hujumchining ayni paytdagi bozor qiymatini 90 million yevroga baholamoqda.













