Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

"PSJ" "Liverpul" bilan bahs oldidan qo‘shimcha dam oladigan bo‘ldi

"PSJ" "Liverpul" bilan bahs oldidan qo‘shimcha dam oladigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

Fransiya Professional futbol ligasi (LFP) saytida Liga 1ning «Lans» – «PSJ» va «Brest» – «Strasburg» uchrashuvlarini boshqa muddatga ko‘chirish to‘g‘risida qaror qabul qilingani xabar qilindi.

«PSJ» va «Strasburg» klublarining o‘yinlarni ko‘chirish borasidagi so‘rovlari qanoatlantirildi. Endi jamoalar bor e’tiborini yevrokuboklarning chorak finaliga qaratishlari mumkin bo‘ladi. Xususan, «PSJ»da Chempionlar ligasi chorak finali doirasidagi «Liverpul»ga qarshi o‘yinlar (8 va 14 aprel) oralig‘ida ichki chempionat bahsi bo‘lmaydi. «Strasburg» esa Konferensiyalar ligasi chorak finalidagi «Mayns» bilan uchrashuvlar (9 va 16 aprel) orasida dam oladi.

«PSJ» va «Strasburg» ishtirokidagi ushbu o‘yinlar 13 may sanasiga ko‘chirildi.

«O‘yinlarni ko‘chirish haqidagi qarorlar direktorlar kengashining strategik yo‘nalishiga mos keladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — Fransiyaning UYEFA reytingidagi beshinchi o‘rnini saqlab qolishdir. Bu o‘rin mamlakatga Chempionlar ligasi uchun to‘rtta yo‘llanmani taqdim etadi», — deya izoh beradi Fransiya Professional ligasi.

Avvalroq «Lans» klubi «PSJ» bilan o‘yinning ko‘chirilishiga qarshi chiqqan edi.

Kiritildi: 18:35, 26.03.2026.
O'qildi: 834 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик