Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Liverpul" Torres uchun taklif yubormoqchi

"Liverpul" Torres uchun taklif yubormoqchi

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Ferran Torres «Liverpul» klubining transfer ro‘yxatidan joy oldi. Bu haqda Tactical Football Review nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mersisaydliklar Muhammad Salohning ketishi fonida Torresga qiziqish bildirmoqdalar. Ta’kidlanishicha, «Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot ispaniyalik futbolchining mahoratiga yuqori baho beradi va uni o‘z o‘yin uslubiga to‘liq mos keladi deb hisoblaydi.

Joriy mavsumda 26 yoshli Torres barcha turnirlarda 40 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ushbu davr mobaynida u 16 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, futbolchi hisobida bitta golli uzatma ham mavjud.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 18:48, 26.03.2026.
O'qildi: 1495 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик